RAQAMLI TA’LIM MUHITINING XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDAGI TARKIBIY TUZILISHI

Jo‘rayeva Munira Ikrom qizi

Samarqand davlat pedagogika institute Xorijiy til va adabiyoti magistranti

Keywords: raqamli ta’lim muhiti, texnologik komponent, metodik komponent, mazmuniy komponent, kommunikativ komponent, xorijiy tillarni o‘qitish, raqamli vositalar.


Abstract

Mazkur maqola xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli ta’lim muhitining mazmuni, tarkibiy tuzilishi va uning asosiy komponentlarining o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga kirib kelishi natijasida xorijiy tilni o‘qitish jarayonida faqat an’anaviy darslik va yuzma-yuz muloqotga asoslangan ta’lim bilan cheklanib qolmasdan, raqamli texnologiyalar, ta’lim resurslari va kommunikativ vositalarni o‘zaro bog‘laydigan yaxlit muhitni tashkil etish zarurati yuzaga kelmoqda. Tadqiqotda raqamli ta’lim muhiti alohida ilova yoki platforma emas, balki raqamli texnologiyalar, vositalar, ta’lim resurslari, o‘qituvchi va o‘quvchi hamda o‘quv jarayonlarini o‘zaro bog‘laydigan tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Raqamli ta’lim muhitining texnologik, metodik, mazmuniy va kommunikativ komponentlari hamda ularning xorijiy tillarni o‘qitishdagi vazifalari yoritiladi. Texnologik komponent kompyuter, smartfon, planshet, internet, mobil ilovalar, veb-saytlar, videokonferensiya platformalari, elektron lug‘atlar, multimedia vositalari va boshqa raqamli vositalarni qamrab oladi. Metodik komponent ta’lim maqsadi, o‘qitish metodi, pedagogik yondashuv, topshiriqlar, dars bosqichlari, mustaqil ta’lim va baholash bilan bog‘liq. Mazmuniy komponent elektron darslik, PDF, video, audio, podkast, raqamli test va multimedia materiallarini o‘z ichiga oladi. Kommunikativ komponent esa o‘qituvchi–o‘quvchi, o‘quvchi–o‘quvchi hamda o‘quvchi–raqamli vosita o‘rtasidagi aloqalarni ifodalaydi. Shuningdek, texnologiyalarning xorijiy til ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llanilishi tahlil qilinadi.


References

Qodirova S. The Concept, Structure and Didactic Possibilities of the Digital Learning Environment // “ACTA NUUz”. Vol. 1, 2026. – B. 133-136.

2. Shadiev R., Yang M. Review of Studies on Technology-Enhanced Language Learning and Teaching // Sustainability. Vol. 12, 2020. – P. 1–22.